O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 10 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Mo''jizalar mamlakatiga borib qolishni azaldan istayotgan bo'lsangiz, bugun shon-shuhrat keltiradigan bir ishni o'ylab topishingiz kerak. Hamma narsa ham pul bilan o'lchanmaydi. Bu to'g'ri. Ammo bugun yaratishingiz lozim bo'lgan mo''jiza qaysidir ma'noda pul bilan bog'liq. Yo'l-yo'lakay uchrab qoladigan muammolardan cho'chimang. Ularni yengib o'ta olasiz. Faqat prinsiplarga tayangan holda harakatlar sodir etsangiz bas.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

10 oktyabr kuni sha'ningizga shu qadar ko'p tanqidiy fikrlar yog'iladiki, jahldan yorilay deysiz. Tabiatan realistsiz. Ammo bu ham tanqidlar yukini ko'tarishga ojizlik qilishi mumkin. Oila va ishxonada hurmatingizni ilgarigidek saqlab qolish uchun o'ta sabrli bo'lishingizga to'g'ri keladi. Xalqona an'analar, hikmatlarga juda e'tiborli bo'ling. Ular odamni qayta tarbiyalashda juda muhim ahamiyatga ega. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitasiz.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Injiqlikni yoqtirmaysiz. Lekin bugun negadir injiq bir odamga aylanasiz. Bunga yo havoning o'zgaruvchanligi, yoki atrofingizni qurshab turgan turli xarakterga ega odamlar sababchi bo'ladi. Kun davomida ishlaringiz ko'paygandan ko'payadi. Hatto oilangizdagilar bilan qo'ng'iroqlashishga vaqt topa olmasligingiz mumkin. Kunning ikkinchi yarmida bosh og'rig'i yoki shamollash bezovta qilishi mumkin.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

10 oktyabrda kimlar bilan muloqot qilsangiz, ularning barchalari sizga olqishlar yog'dira boshlaydi. Demak, siz bugun to'g'ri yo'ldasiz. Do'stlaringizdan kimdir bor yukini sizning yelkangizga yuklab olishi mumkin. Siz uni moddiy rag'batlantirasiz, tasalli berasiz. Bu ham to'g'ri yo'l. Chunki bir kun kelib sizning o'zingiz ham xuddi shunday ahvolga tushib qolishingiz mumkin. Ana o'shanda sizga ham kimdir shunday yordam ko'rsatishi kerak bo'ladi. Salomatligingizni ehtiyotlang.

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun qanday yo'l bilan bo'lmasin, kechagi charchoqlardan xalos bo'lishingiz talab etiladi. Ishxonangizga borgach, mehnat ta'tiliga chiqsangiz ham ortiqchalik qilmaydi. Qaergadir tog'larga borib havo almashtirishga, dam olishga pulingiz yetib ortarli. Yaqinlaringiz bu rejangizdan xabar topgach, norozilanishi mumkin. Qanday tushuntirishni o'zingiz yaxshi bilasiz. Oila qurmagan bo'lsangiz, bugun kun davomida romantik tanishuvni boshdan kechirasiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

10 oktyabr kuni kimki shaxsiy hayotingizga aralashsa, joyiga o'tqazib qo'yishingiz kerak bo'ladi. Hatto, yaqin do'stlar shunday qilsa ham baribir shaxsiy hayotingizga aralashishga yo'l qo'ymang. Qalbingizga quloq tutgan holda ish tuting. Ishxonangizda qo'shimcha vazifalarni zimmangizga yuklashlari mumkin. Bosh tortishni xayolingizga ham keltirmang. Bu vazifalar moddiy ahvolingiz yanada yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega. Omadingizni bersin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Dangasalik ustingizdan hukmronlik qilmasligi uchun mehnat va mehnat qilishingiz zarur bo'ladi. Kam gapiring va ko'p ishlang. Ishlash davomida ham moddiy, ham ma'naviy masalada yangi imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Muhabbatda oila qurmaganlar omadsizlikka yuz tutishi mumkin. Ammo yakuniy xulosa yasashga shoshilmang. Kechqurun oilalilar jufti bilan adi-badi aytishib qolish ehtimoli bor. Bu ham o'tkinchi. Asabiylashishga arzimaydi. Ovqatlanishda hushyor bo'ling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

10 oktyabrda oyoq ostiga tez-tez ko'z tashlab yurishingiz tavsiya etiladi. Kutilmaganda pul topib olishingiz ehtimoli bor. Ishxonangizda rahbarlar tarafidan sizning nomingizga olqishlar va maqtovlar yog'ilishi mumkin. Shuning uchun ishga kechikmasdan borishingiz talab etiladi. Salomatligingizga hech narsa xavf solmaydi. Faqat issiqroq kiyinishni unutmasangiz bas. Ayniqsa, atrofingizda kimlardir xastalangan bo'lsa, ehtiyotingizni qilib yurishingiz ziyon qilmaydi.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kunning birinchi yarmida moliyaviy muammolar yoqangizdan olishi mumkin. Yaqin orada amalga oshirgan xaridlaringizni esga oling. Balki qimmatbaho buyumlar sotib olgandirsiz? Ana shularni esga olsangiz, hammasi ravshan tortadi. Shuning orasida shaxsiy hayot bilan bog'liq muammolarni ham yo'l-yo'lakay bartaraf eta boring. Oilasiz bo'lsangiz, tanlaganingiz bilan munosabatlarga putur yetgan chiqsa, bu munosabatlarga nuqta qo'yganingiz ma'qul.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

10 oktyabr kuni qanday yo'l bilan bo'lmasin, muammolar iskanjasidan chiqib ketishga harakat qiling. Ishingizdan ko'nglingiz to'lmayotgan bo'lsa, boshqa ish qidirishingizga to'g'ri keladi. Ro'zg'ordagi muammolar, boshqa manzilga ko'chib o'tish va uy ta'mirini boshqa kunga qoldirganingiz ma'qul. Har qadamda qalbingizga emas, vaziyatga quloq tuting. Moddiy ahvolingizdan kelib chiqibgina xaridlarni amalga oshiring.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

Shaxsiy biznesiga egalar, tabirkorlarga bugun katta loyiha va ishlarga pul tikish tavsiya qilinmaydi. Bugun tavakkalchilikning har qanday turi faqat muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Yaqin do'stlar o'z yo'liga. Ammo bugun ularning maslahatiga quloq tutishingiz kerak emas. Juda bo'lmasa, biror ishni bahona qiling-u, juftakni rostlay qoling. Asosiysi, unga nisbatan qo'pollik qilib qo'ymasangiz bas. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

10 oktyabrda kuningiz turli bo'lar-bo'lmas asabiyliklarga boy bo'lishi mumkin. Biroq ularni deb asosiy ishlarni yarim yo'lda tashlab ketishingiz noto'g'ri bo'ladi. Hozir siz ilhom parilari qurshovidasiz. Ularning ko'magida ishingiz bilan bog'liq bo'lgan buyuk g'oyalarni o'ylab topa olasiz. Kunning ikkinchi yarmida yoshlikdagi muhabbatingizni uchratib xayollaringiz buzilishi kutiladi. Faqat taqdir buyurganiga qarshi bormang.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here