MIB 8 milliard so'mdan ziyod jarimalarni undirdi

0

MIB Toshkent viloyati boshqarmasi tuman va shahar bo'limlari ish yurituvdagi  IIB YHXB tomonidan taqdim etilgan qarorlarga asosan, davlat foydasiga ma'muriy jarimalarni undirish bilan bog'liq ijro ishlari bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan bo'lib, 2019 yil 8 oyi davomida jami 14,1 mlrd so'mlik 82250 ta ijro hujjatlarning                  8,9 mlrd so'mlik 57296 tasi tamomlanib, shundan 8,1 mlrd so'mlik 53586 tasi amalda undirilgan.

Joriy yilning sentyabr oyida ma'muriy bayonnomlar orqali rasmiylashtirilgan jami 760,3 mln so'mlik jarimalar Byuro hisob raqamlari orqali amalda undirilishiga erishilgan.

Toshkent viloyati Bo'ka, Qibray va Bo'stonliq tumanlari hududida
25 sentyabr kunidan 30 sentyabr kuniga qadar YHXB xodimlari hamkorligida “AVTOKON” elektron tizimi imkoniyatlaridan keng foydalangan holda ushbu turdagi jami 154,3 mln so'mlik jarimalar amalda undirilishiga erishildi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Byuroning tegishli hisob raqamlari orqali davlat foydasiga undiruvlarni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari bo'yicha jami 2 mlrd 821,5 mln so'mlik mablag'lar davlat byudjetiga undirilishi ta'minlandi.

Hozirda davlat foydasiga undiruvlar bo'yicha tabdirlar davom ettirilib, qoldiq ijro ishlarining ijrosini ta'minlash choralari ko'rilmoqda.