Jahongir Otajonov tekin konsert bermoqchi!

0

Jahongir Otajonov kecha g'oyat xayrli ishga qo'l urganini ma'lum qildi. U anchadan buyon o'z instagram profiliga og'ir dardga chalingan bemorlar haqida ma'lumotlar joylashtirib, xayriya ishlarida ko'mak so'rar edi. Bugun mana shu faoliyatini yanayam kengaytirish umidida turli xayriya tashkilotlariga murojaat bilan chiqibdi.

— Kasal yurtdoshlarimiz uchun o'tgan yil Xorazmda uyushtirilgan xayriya konsertimizga o'xshab boshqa viloyatlarda ham tashkilotlar chaqirishsa, tekinga o'tkazib beraman. Bu pullar harna kasal yurtdoshlarimizning dori-darmonlariga sarflanar. Konsertga tushgan yurtdoshlarimizning pullari ham savob uchun sarflangan bo'ladi. 

Barakalla, Jahongir Otajonov! Qani endi boshqa estrada yulduzlarimiz ham undan o'rnak olishsa…

loading...