Meksikada poezd avtobus bilan to'qnashib ketdi. Qurbonlar bor…

0

 

Meksikaning San-Xuan-del-Rio viloyatida poezd avtobus bilan to'qnashib ketishi oqibatida 9 kishi halok bo'ldi.

Aytishlaricha, avtobus haydovchisi poezd yaqinlashib kelayotganini ko'rib turib temir yo'lni kesib o'tmoqchi bo'lgan. Ammo ulgurmagan.

Fojia yuz bergan joyga qutqaruvchilar otryadi yetib keldi va ag'darilib, deyarli yo'q bo'lib ketayozgan avtobusdan yo'lovchilarni maxsus uskunalar yordamida tortib olishdi.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi.

loading...