Otabek Umarov: «Kattalarning aybi uchun begunoh go'daklarimiz javob berishi kerak emas edi»

1

— 64 ta taqdir. Bu ezgulikdan, mehru-oqibatdan hanuzgacha umidvor bo'lgan bolakaylar taqdiri. Ularning ko'pchiligi tug'iliboq hayotning ayanchli sinovlaridan o'tishga majbur bo'lishdi. Chunki osuda va tinch hayot ba'zi bir mamlakatlar uchun hanuzgacha shirin orzu. ⠀

Kecha «Mehr-2» operatsiyasi doirasida Vatanimizga qaytarilgan 64 ta bolalarning 14 nafari 3 yoshgacha bo'lgan o'g'il va qizlarimiz, 2 nafari esa ota-onasidan ayrilgan.⠀

Notinchlik, urush changalidan yulqib olib chiqilgan bu begunohlar endi tinch va osuda hayot, bolalik nima ekanini anglab, o'z Vatanlarida ulg'ayishadi. ⠀

Hozirda ish safaridaman, ammo imkoniyat paydo bo'lishi bilanoq albatta ulardan xabar olaman, qo'limdan kelgancha bolakaylarni qo'llab quvvatlashga harakat qilaman. Kattalarning aybi uchun begunoh go'daklarimiz javob berishi kerak emas edi. Ayni damda bolakaylarga birinchi o'rinda mehr va g'amho'rlik ko'rsatish kerak. Toki ular yana tinchlikka va mehr-shafqatga ishonishsin.⠀

1 TA FIKR

Comments are closed.