Saida Mirziyoyeva: «Ortga yo'l yo'q!»

0

Samarqandda tashkil etilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXHT) vakillari ishtirokidagi xalqaro davra suhbati OAV faoliyati va so'z erkinligi bilan bog'liq ko'plab dolzarb masalalarga bag'ishlandi.

Biz xorijlik mehmonlar bilan so'nggi uch yil mobaynida O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini muhokama qildik, muhim taklif va tavsiyalarga ega bo'ldik.

Agentligimizning barcha sa'y-harakatlari yurtimizda so'z erkinligini ta'minlash, matbuotni haqiqiy to'rtinchi hokimiyatga aylantirishga qaratilgan. O'zbekiston ochiqlik va oshkoralik siyosati yo'lidan dadil qadam tashlayapti, deb ayta olaman. Bu qanchalik og'ir va mashaqqatli bo'lmasin, ortga yo'l yo'q!