Uchinchi Jahon urushi boshlanishiga sabab bo'luvchi davlatlar ro'yxati e'lon qilindi…

0

 

Ro'yxatning boshida Hindiston va Pokiston turibdi. Aslida o'tmishda uzoq vaqt bu ikki davlat bir butun holda Angliya mustamlakasi ostida bo'lgan. 1947 yilga kelib esa Hindiston mustaqillikka erishdi. Shu zahoti yagona davlat ikkiga, ya'ni, Hindiston va Pokistonga bo'lindi. O'shandan beri bu ikki davlat Kashmirni talashgani talashgan. Kashmirga egalik qilish niyatida qachonlardir bir butun jon bo'lgan ikki davlat o'rtasida 1947, 1965 va 1999 yillarda sovuq urush yuzaga keldi. Urush garchi 2003 yilda to'xtagan hisoblansa-da, baribir ichki nizolar barham topgan emas. Achinarlisi, Hindiston ham, Pokiston ham yadro quroliga ega. Dunyo ahli bir kun kelib aynan ular Uchinchi jahon urushini boshlab berishidan cho'chimoqda.

Ro'yxatning keyingi pog'onasini Amerika va Xitoy egalladi. Amerika prezidentligini Donald Tramp egallagach, AQSh hamda Xitoy o'rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. Hozir davom etayotgan moliyaviy urush Uchinchi Jahon urushi boshlanishiga sabab bo'lmasaydi.

Yaqin Sharqda esa Saudiya Arabistoni, Isroil davlati Eronga tahdid solmoqda. Suriyadagi ahvol qanchalar qaltisligini barcha ko'rib turibdi. Ana shunday tempda qarama-qarshiliklar kuchaya borib navbatdagi sovuq urushni boshlab bermasligiga hech kim kafolat bermaydi.

Rossiya va Ukraina munosabatlari ham hech kimni mamnun torttirmaydi. Rossiya yadroviy hamda harbiy jihatdan katta kuchga ega davlat. Ukraina bo'lsa g'arb davlatlariga ishonib Rossiyaga tahdid solishdan tiyila olmayapti. Bu keskinlik ham yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Xudo ko'rsatmasin, Uchinchi Jahon urushi boshlanadigan bo'lsa, hech kimga tatimaydi. Ko'zga ko'ringan davlatlar uzoqni ko'zlagan holda bu xavfga barham bersa, ajab emas.

Astag'firillo!!!