Angliya olimlari ko'krak saratonining davosini topishdi…

0

 

Angliya olimlari o'tkazgan navbatdagi tadqiqot natijasida ayollardagi ko'krak saratonini davolashda, xastalik so'nggi bosqichda bo'lsa, bemorning umrini yanada uzaytirish imkonini yaratishda «Gamma-delta-T» to'qimalari ish berishi aniqlandi. Bu to'qimalar odamning teri va ichak qismlarida mavjud bo'ladi. Agar ularni ko'krak saratonining so'nggi bosqichini boshdan kechirayotgan bemor organizmida paydo qilinsa, haqiqiy dori vazifasini o'taydi. Juda bo'lmaganda, bemor xastalikni yengib yanada ko'proq yashashiga erishiladi.

Olimlarning aytishicha, bemor organizmida «Gamma-delta-T» to'qimalari mavjud bo'lmagan taqdirda ham uni donordan olib organizmga joylashtirish yoki sun'iy tarzda ularni yaratish mumkin.