XVI ASRDA YoZILGAN «QUR'ONI KARIM»NI SOTIShGA URINGAN ShAXS QO'LGA OLINDI… (VIDEO)

0

 

Yaqinda Davlat xavfsizlik xizmatining Farg'ona viloyat bo'limi xodimlari XVI asrda qayta yozilib, keyinchalik kitob holiga keltirilgan «Qur'oni Karim»ni Qirg'iziston fuqarosiga sotayotgan kimsani qo'lga olishdi. U buxorolik 49 yoshli Farrux Sharopov bo'lib, muqaddas kitobni Qo'qon shahriga olib kelib, shu shaharda yashovchi tanishidan xaridor topishda yordam berishini so'ragan. Ular birgalashib xaridorni Qirg'izistondan topishgan. U bilan Farg'ona viloyatidagi «Chimyon» qishlog'idagi choyxonada uchrashishgan. Qur'oni Karimni 150 ming dollarga baholashgan. Pullarni olgach, Sharopov kitobni aylanma yo'llar orqali Qirg'izistonga yetkazishi lozim edi. Ulgurmadi. Uni qo'lga olishdi.

O'zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi xulosasiga ko'ra shu narsa ma'lum bo'ldiki, bu kitob matni XVI asrda yozilgan. Keyin kalligraf mulla Yusuf Saxxof tarafidan kitob holiga keltirilgan. XIX asr oxiri, XX asr boshida restavratsiya qilingan.

Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atildi. Muqaddas kitob respublika tarixi muzeyiga taqdim etiladi.

loading...