YaPONLARNING 5 DAQIQA IChIDA O'ZINI O'ZI DAVOLASh USULI…

0

 

Ma'lum bo'lishicha, kunchiqar mamlakat fuqarolari aksar holatlarda, agar xastalik og'ir bo'lmasa, qo'l barmoqlari yoramida o'zini o'zi davolashga usta ekan. Ular aytishmoqdaki, qo'ldagi har bir barmoq organizmning qaysidir a'zosi bilan chambarchas bog'liq, Agar shu narsani aniqlab olib talab darajasidagi qisqa muddatli muolajalarni amalga oshirilsa, organizmning o'sha a'zosi darddan forig' bo'larkan. Buning uchun qo'ldagi kerakli barmoqni tutib, 3-5 daqiqa davomida mahkam siqqan holda uqalash amali ado etiladi. Amal jarayonida chuqur-chuqur nafas olish lozim. Keyin esa qolgan barmoqlarni ham baravar boshqa qo'l yordamida ezg'ilab turish talab etiladi. Bu amal ham 3 daqiqadan kam ado etilmasligi kerak. Ko'ribsizki, og'riyotgan a'zoingiz tinchlanadi. Ana endi qo'ldagi qaysi barmoq qaysi a'zo bilan bog'liqligini aniqlab olamiz.

Jimjiloq — yurak, ingichka ichak va suyaklar bilan bog'liq. Emotsiya — o'ziga bo'lgan ishonchning so'nishi va bezovtalik uchun javob beradi.

Nomsiz barmoq — yo'g'on ichak, o'pka va teri bilan bog'liq. Emotsiya — qo'rquv, qayg'u uchun javob beradi.

O'rta barmoq — Qon tomirlar, jigar va o't qopi bilan bog'liq. Emotsiya — g'azab, nafrat, jahldorlik uchun javobgar.

Ko'rsatkich barmoq — Siydik yo'llari, buyrak va mushaklar bilan bog'langan. Emotsiya — qo'rquv uchun javobgar.

Bosh barmoq — Qora taloq va oshqozon bilan bog'liq. Emotsiya — xavotir va depressiya uchun javob beradi.

Eslatib o'tamiz, xastalik jiddiy hisoblanganda, albatta vrachga murojaat etish lozim. Yaponcha davolanish usuli biroz yengil tortish, xotirjam bo'lish uchun mo'ljallangan xolos.