Burak Ozchivit yangi «Usmon G'ozi» serialida. Serial haqidagi ayrim haqiqatlar…

0

 

2019 yil bahorida «Ertug'rul» serialining oltinchi mavsumi suratga olinishi haqida ma'lumot tarqatilgandi. Bu serial usmoniylar imperiyasining ilk sultoni, buyuk Ertug'rul beyning o'g'li Usmon G'ozi hayoti haqida hikoya qiladi. Serialdagi bosh qahramon Usmon roliga esa turkiyalik mashhur aktyor, «Qora sevgi», «Muhtasham yuz yil» teleseriallari orqali muxlislarning suyuklisiga aylangan aktyor Burak Ozchivit taklif qilingan. Hozirgi paytda serial suratga olinmoqda. Ilk seriyalari shu yil oktyabr oyida boshlanishi aytib o'tilgan. Quyida serial haqidagi ayrim yangiliklardan sizni voqif etamiz.

1. Demak, bosh rolni Burak Ozchivit ijro etadi. Biroq serialning birinchi qismidanoq Ertug'rul rolini shu paytgacha mohirona ijro etib kelgan aktyor Engin Altan bo'lmaydi. Gap-so'zlarga qaraganda, Engin Altan Ozchivit bilan yovlashib qolgan. Shu sababli u bilan bir safda rol ijro etishni istamabdi.

2. «Usmon G'ozi» serialining premyerasi shu yil oktyabr oyiga mo'ljallangan.

3. Serialdagi aktyorlar tarkibidan Oyshagul Gyunay va Ragip Savashlar ham joy oladi.

4. Serial ijodkorlari uzoq vaqt Usmonning suyuklisi roliga aktyor tanlay olmay ovora bo'lishdi. Natijada tanlashdi. Bu rolga yosh aktrisalardan biri Aslixon Qoralar tasdiqlandi.

5. Hozircha serial bir mavsumdan iborat bo'lishi rejalashtirilgan. Ammo rejissyorlar keyinchalik yettinchi, sakkizinchi mavsumlar ham suratga olinishini taxmin qilishmoqda.

Olimjon HAYIT tayyorladi