Dilfuza Ismoilova tarqalib ketgan videosiga izoh berdi

0

— Nega avvalgidek san'atkorlar davrasida ham faol emassiz?

— Hamkasblarim orasida qadrdonlarim juda ko'p (jilmayib). Ammo bir kaftdagi barmoqlar teng bo'lmaganidek, do'stlar ham turlicha bo'larkan.

Yodingizda bo'lsa, o'g'limning to'yida erkak qudam bilan o'ynagan raqsimning videosi tarqalib ketgandi. O'sha videoni yaqin hamkasb dugonam internetga tarqatib, meni obro'sizlantirishga, eng yomoni, yangi qudamga ma'shuqa qilib ko'rsatishga harakat qilgandi. Men o'zimni oqlamoqchi emasman, ammo uning ichki sirimni xalqqa ko'rsatishga haqi yo'q edi. Bir ko'zlab uch farzandni voyaga yetkazish, uy-joy qilib, to'y qilish qanchalik qiyinligini beva ayollar juda yaxshi bilishadi.

Men ham o'g'illarimni osonlikcha katta qilmadim, ularning to'yini ko'rish mening 20 yillik orzum edi.

Sizga dushmanlik qilishga uringan hamkasbingiz bilan ochiqchasiga gaplashdingizmi? Balki, niyati yomon bo'lmagandir?..

— Dadam rahmatli «Pastga past ketma», deb ko'p uqtirardi. Shu bois, u bilan sen-menga borishni istamadim. Hammasini ko'rib turguvchi Alloh ajr-hisobini berishini so'radim, xolos. Ko'p o'tmay, u og'ir xastalikka chalinib, bu yorug' olamni tark etdi. Ammo uni allaqachon kechirib yuborganman. Yaratgan bizning katta-katta gunohlarimizni kechirganda, bizniki zarracha ham qiymatga ega emas.