OTM rektorlari 16-Evropa avtomobil kongrecsida ishtirok etmoqda

0

Ayni kunlarda, Belorus davlatining Belorus milliy texnika universitetida XVI Yevropa avtomobil kongresci (EAES-2019) bo'lib o'tayapti.

Tadbirda Belorus milliy texnika universiteti rektorining taklifiga binoan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori Nazirila Maxmudov, Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti rektori Alimjon Riskulov hamda yurtimiz OTMlari delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

Safar davomida yurtimiz OTMlari delegatsiyasi Belarus Respublikasining boshqa oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o'quv jarayonlariga malakali professor-o'qituvchilarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va loyihalar ustida ishlashni yo'lga qo'yish, ilmiy tadqiqot maqsadlarida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo'yicha ham shartnomalar imzolash nazarda tutilgan.

Ma'lumot uchun, 2019-2020 o'quv yilidan boshlab Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Belorus milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda 2+2 qo'shma dasturi asosida 4 ta bakalavr ta'lim yo'nalishi bo'yicha qabul amalga oshirildi.