QABRDAN KELGAN OVOZ… (yoxud irlandiyalik marhumning xavfli hazili)

0

 

Yaqinda Irlandiyaning Kilkenni shtatida yashagan nafaqadagi harbiy Shey Bredli uzoq davom etgan xastalik tufayli olamdan o'tgandi. Shu yil 12 oktyabr kuni marhumni tobutda qabrga qo'yishgach, sira kutilmaganda qabr ichkarisidan ovoz keldi.

«Tfu, men qaerdaman o'zi? Meni chiqarib yuboring bu yerdan! Bu yer qorong'u! Bu kim? Ruhoniymi? Bu men — Sheyman! Tobutda yotibman! Men o'lganman!..»

Shundan keyin «Men sizlar bilan vidolashish uchun qo'ng'iroq qildim», degan mavzuda hazil qo'shiq yangray boshladi. Shundan keyingina yig'ilganlar barchasi marhumning hazili ekanini anglab yetishdi. Hamma qotib-qotib kuldi. Keyinroq Sheyning qizi Andrea otasi o'limidan oldin dafn marosimiga yig'ilganlarni bir kuldirish niyatida shu tovushlarni magnit lentasiga yozib qoldirganini, marosim paytida ovozlar kolonka yordamida eshittirilganini aytib o'tdi.

Astag'firillo!!!