Rossiyada O'zbekistonda 2011 yil martigacha berilgan haydovchilik guvohnomalari tan olinadigan bo'ldi

0

O'zbekistonda 2011 yil 28 martga qadar berilgan, amal qilish muddati belgilanmagan haydovchilik guvohnomalari Rossiya hududida tan olinadi. Bu haqda O'zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi Rossiya Ichki ishlar vazirligi Sverdlovsk viloyati Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash bosh boshqarmasiga tayanib ma'lum qildi.

Bu jarayon Yo'l harakati to'g'risidagi Vena konvensiyasining 41—43-moddalari va 6—7-ilovalariga asosan amalga oshiriladi. “O'zbekiston fuqarolarining murojaatlariga muvofiq bosh konsulxona mazkur masalani Rossiya tomoni bilan birgalikda hal qildi”, — deyiladi xabarda.