Temir yo'llarida bepul yurish huquqi kimlarga taqdim qilingan?

0

Temir yo'llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:

👉 Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;

👉 yarador bo'lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;

👉 Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironlariga.

3-guruh urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar temir yo'llarda chiptaning ellik foiz chegirmalari bilan yiliga bir marta yurish huquqiga ega.