O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 15 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

15 oktyabr kuni ertalaboq kun davomida amalga oshiriladigan ishlar rejasini tuzib chiqing. Basharti hozirgi ishlab turgan ishingizdan bo'shab, boshqa ishga o'tishni mo'ljallagan bo'lsangiz, bugundan qoldirmaganingiz ma'qul. Boshqa kunlardan qolib ketgan yumushlarga bugun qayta qo'l urmang. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Shaxsiy hayotda esa ko'p o'ylash o'rniga ko'proq harakatlar sodir etishingiz talab etiladi. Sog'lig'ingizni ehtiyot qiling,

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Hayotning barcha jabhalaridan yaxshilik qidirish uchun bugungi kun juda qo'l keladi. Qaysarlikni yig'ishtiring va odamoxunga aylaning. Tilni ishga soling. Shunda tezroq maqsadga yetasiz. Kun davomida qandaydir noma'lum shaxs sizga xabar yuborishi mumkin. Ammo xabarni o'qigach, alohida e'tibor qaratib o'tirmang. Moliyaviy muammolarni bartaraf qilishda diplomatlarcha munosabat yuritishingiz zarur bo'ladi. Lekin baribir kichik bo'lsa-da yo'qotishlarni chetlab o'ta olmaysiz.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

15 oktyabrda xayriya tadbirlarni amalga oshirasiz. Aldanib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Atrofdagilar qarshisida iste'odingizni yuz foiz namoyish etishga to'g'ri kelsa juda ehtiyot bo'ling. Moliyaviy inqirozga yuz tutmaslik uchun pullaringizni tiyin-tiyinigacha hisob-kitobda ushlashingizga to'g'ri keladi. Kimdir sizni xasislikda ayblasa, jilmayish qiling-u keting. Muhabbatda faqat qalb amriga bo'ysungan holda ish tuting.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

Omadga va shon-shuhratga faqat tinchlik yo'li bilan erisha olasiz. Kuch ishlatishga aslo yo'l qo'ya ko'rmang. Ayniqsa, o'ta bilimli va tajribali odamlar bilan ishlashga to'g'ri kelsa, ehtiyot bo'ling. Kimki ijodiy yondashiladigan loyihaga pul tiksa, bilsinki, albatta mo'may daromad oladi. Bugungi oqshomingizni muhabbatga bag'ishlashingiz talab qilinadi. Juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga nisbatan sof tuyg'ular hukm suradi. Fursatdan foydalanib suyukli insoningizga yanada ko'proq mehr ko'rsating. Omad sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

15 oktyabr kuni yetti o'lchab bir kes maqolini shior qilib olishingiz tavsiya etiladi. Ishda ham, shaxsiy hayot va moliyada ham faqat o'zingizgagina ishonib qolmang. Kun davomida ko'pchilik moliyaviy ahvolini yaxshilash jarayonida ko'z ko'rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritadi. Kechqurun yaqinlaringiz uchun yoqimli sovg'alar xarid qiling. Jismoniy ishlarni bajarishdan tiyiling. Bel qismingizga ziyon yetishi mumkin. Salomatlikni juda ehtiyotlang. Albatta baraka topasiz.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

Bugun parizod burji ostida tavallud topganlar asosan salomatligi haqida qayg'ura boshlaydi. Bu bekorga emas. Surunkali xastaliklar kun mobaynida borligini bildirishga harakat qilishi mumkin. Shubhali, sershovqin davralardan nari bo'ling. Kechki payt shaxsiy sirlar masalasida yaqin do'stlardan biri bilan bahslashib qolishingiz kutiladi. Kechqurun ayrimlarning qo'liga kimdir bir dasta pul tutqazadi.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

15 oktyabrda kuzatuvchi rolini ijro eting. Hech kimga siringizni boy bermang. Eng muhim ishlarni birinchi bo'lib ado etishingiz tavsiya etiladi. Har bir bajarilgan katta-kichik ish siz kutgandan ham ko'proq daromad keltiradi. Kechqurun sport bilan shug'ullanish, raqs va suzish mashqlarini bajarish omadli kechadi. Ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qiling. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

Bugungi kuningiz faqat xotirjamlikda kechishi kutilmoqda. Ishxonangizda, shaxsiy hayotda obro'yingiz, hurmatingiz, o'rningiz yanada mustahkamlanish pallasiga kiradi. Muhabbatda barcha shubhalarni bir chetga irg'iting va ehtiroslarga qorishiq baxtli hayotingizdan lazzat oling. Kechqurun juftingiz siz uchun syurpriz hozirlab qo'yishi ehtimolga yaqin. Bu ham sizga faqat pozitivlik hadya etadi. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

15 oktyabr kuni do'stlaringizdan biri haqida yoqimli xabar eshitasiz. Bugun kimlardir qo'l siltab ketgan ishlarga siz qo'l urasiz. Qarangki, barchani hayron qoldirib, bu ishlarni muvaffaqiyatli yakunlaysiz. Shaxsiy hayotda faqat o'zingizga ishongan holda harakatlar sodir eting. Juftingizga nisbatan qo'pol munosabat yuritishdan ehtiyot bo'ling. Bu bilan orangizga sovuqchilik tushishi hech gap emas. Asabni asrang, Yaqinlaringizning qadriga yeting.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

Bugun kuningiz qanchalar zerikarli va qayg'ularga boy tuyulsa-da, janjalga bahona qidirishdan tiyilishingiz kerak. Janjal siz uchun halokatdan boshqasiga yaramaydi. Oilaviy muammolarni katta tezlikda bartaraf etishingiz lozim. Ularni ortga surishingiz sira-sira tavsiya etilmaydi. Yolg'izlarning hayotida bugun favqulodda holatlar kuzatilishi mumkin. Hoynahoy, anchadan beri qidirgan insoningizni uchratib tanishsangiz kerak. Bardam bo'ling va bu lahzani o'tkazib yubormang.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

15 oktyabrda kutilmaganda barcha rejalaringiz barbod bo'lish xavfi bor. Rostakamiga xafa bo'lishingiz tayin. Ammo iloj qancha. Ishni boshqatdan boshlashga majbursiz. Asosiysi, salomatsiz. Shunisiga ham shukr qilsangiz yarashadi. Kun davomida yolg'izlar suyuklisining qo'ng'iroqlariga javob berish bilan band bo'lishadi. Ayrim holatlarda bu sizni ranjitishi ham mumkin. Negaki, suyuklingiz sizni qattiq rashk qiladi. Tushuntirishga harakat qiling. Rashk yaxshilikka olib kelmasligini uqtiring.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

Bugun kayfiyatingiz siz istagan ko'rinishda bo'lmaydi. Lekin hayot tamoman boshqacha kayfiyatni talab qiladi. Shuning uchun majburan tabassum qilishga majbursiz. Kuningiz tom ma'noda qiziqarli hodisalarga boy bo'ladi. Ishda, hayotda, muhabbatda muammolar ko'zga tashlanmaydi. Faqat ba'zilar kun davomida varikoz, migren va qon bosimidan bezovtalanishlari mumkin. Albatta vrach qabuliga chiqib kelishingiz zarur.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi