Angliyalik 9 yashar bolakay “aqlli” kolonkaga majburan uy vazifasini bajartirdi…

0

 

Haqiqatan, bu voqea Angliyada sodir bo'ldi. 9 yashar Bryus degan bolakay azaldan uy vazifasini bajarishdan bezor edi. Ayniqsa, maatematikadan uyga topshiriq berishsa, bezillardi. Uyidagilar “aqlli” kolonka olib berishdi-yu, Bryus kolonkaning aqlliligini amalda sinab ko'rishga ahd qildi. Onasi oshxonada ovqat pishirayotganidan foydalanib, kolonkaga matematikadan uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar savollarini yog'dira boshladi. Onasi Linn Gormanli beixtiyor o'g'li o'tirgan xona eshigiga yaqinlashgandi, “aqlli” kolonka “Alexa”ning tovushi qulog'iga chalindi. Yaxshilab eshitib ko'rdi-yu , na kulishni, na achchiqlanishni bildi.

— Sakkizni to'rtga ko'paytirsa necha bo'ladi? — deya so'rardi Bryus…

Ona chiday olmadi. Kula-kula ichkariga kirdi va o'g'liga majburan qaytadan uy vazifasini bajartirdi. Lekin bu manzarani bildirmaygina videoga tushirvolgan ekan. Internetga tarqatgandi, ikki milliondan ortiq odam tomosha qildi. Yigirma mingtaga yaqin layk yig'di.

Chunki videorolikni tomosha qilganlar 9 yashar bolaning topqirligiga rosmana qoyil qolgandi.