BOLANING HAQIDAN QO'RQMAYDIGANLAR… (yoxud Toshkent viloyatida xususiy kompaniya bog'chani rekonstruksiya qilish bahonasida 2, 4 mld so'm pul o'g'irladi)

0

 

Toshkent viloyatidagi «Infrastrukturani taraqqiy ettirish injiring kompaniya»si mutasaddilari Bekobod tumanida №29 bolalar bog'chasini rekonstruksiya qilish haqida shartnoma tuzib, shartnoma shartlarini bajarmagani kamlik qilgandek, bog'cha hisob-raqamidan 2, 4 milliard so'm pulni ham o'g'irlab qo'ydi. Jinoiy yo'l bilan olingan «daromad»dan kompaniya rahbari o'ziga «Chevrolet Laccetti» avtomobili sotib oldi.

Ushbu fakt yuzasidan kompaniya rahbari hamda bu jinoyatni sodir etishda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.