Hindistonda chaqaloqni tiriklay ko'mishgandi. Xudoning qudrati bilan tirik qoldi…

0

 

Yaqinda Hindistonda mo'jiza yuz berdi. Qaysidir xudo urganlar bolani dunyoga keltirishga keltirgan-u, keyin tiriklay yerga ko'mib ketgan ekan. Boshqa bir er-xotin esa bolasi o'lik tug'ilgani bois jasadini dafn etish niyatida qabristonga kelgandi. Dafn marosimi yakun topgach, o'sha yaqin atrofdan — yer ostidan chaqaloqning big'illab yig'lashi quloqqa chalindi. Er-xotin avvaliga hozirgina dafn etgan bolasi tirilib ketdi deb o'ylagandi. Biroq yig'i boshqa bir qabrdan kelayotgan ekan. Darhol politsiya va «Tez yordam»ga xabar berishdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, chaqaloq uch kun oldin tiriklay ko'mib ketilganiga qaramay, tirik ekan. Xudoning qudrati-da! O'zi xohlasa, yo'qdan bor qiladi, xohlamasa, borni yo'q qiladi.

Hozirda qutqarib olingan chaqaloq vrachlar nazorati ostiga olingan. Uni qutqarib qolgan er-xotin esa kasalxonada qolishdi. Chaqaloqning tepasida o'tirib, tez kunda sog'ayib ketishini kutishyapti. Aytishlaricha, uni asrab olishga qaror qilishibdi.