Maktab ta'tillari (kanikul) qachondan boshlanib, qancha vaqt davom etadi?

0

Umumiy o'rta ta'lim to'g'risidagi nizomga (http://www.lex.uz/acts/3137130) ko'ra, maktabda ta'tillarning (kanikul) muddatlari quyidagicha belgilangan:

👉 kuzgi ta'til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

👉 qishki ta'til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

👉 bahorgi ta'til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;

👉 yozgi ta'til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflar uchun o'quv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1 sentyabrgacha.

Ta'tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga to'g'ri kelib qolgan taqdirda, dars mashg'ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.

I sinf o'quvchilari uchun fevral oyi davomida qo'shimcha bir haftalik ta'til belgilanadi.

loading...