MIB Andijonda 318 mlrd so'mlik soliq qarzdorligini undirdi

0

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo'limlariga joriy yilning 9 oyi davomida yuridik shaxslardan soliq va boshqa majburiy to'lovlarni undirish bilan bog'liq jami 18 651 ta ya'ni 541 milliard so'mlik ijro ishlari kelib tushgan.

Unndirilgan soliq qarzdorligi esa 318 milliard 700 ming so'mni tashkil etgan. Viloyatdagi qarzdor yuridik shaxslardan soliq va boshqa majburiy to'lovlarni undirish bo'yicha 911 ta 71 mlrd so'mlik ko'chmas mulk, qishloq xo'jaligi texnikalari, avtoransport vositalari xatlandi hamda qariyb 61 mlrd so'mlik ko'chmas mulk va avtotransport vositalari sotuvga chiqarilgan.

Shuningdek, yuridik shaxslar imkoniyati yo'qligi sabab 120 milliard 586 million 645 ming so'mlik ijro hujjatini undirib bo'lmagani uchun «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi Qonunning 40-moddasi talablari asosida qaytarilgan.

loading...