Prezident kuyovi Habib bilan uchrashuv haqida

1

Hurmatli do'stlar! ⠀

Menga MMA sport turi haqida juda ko'p yozishadi. Insonda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq va ishonchni oshiradigan hamda turli yo'nalishlardagi sportchilarni birlashtiruvchi ushbu sport turini rivojlantirish haqida takliflar berishadi.⠀

Bu yo'nalishda ancha ishlarni amalga oshirdik. Buning samaralaridan biri sifatida tez kunlarda o'tkazilishi kutilayotgan GFC turnirini misol qilishimiz mumkin. Bu O'zbekistonda MMA bo'yicha birinchi turnirdir. ⠀

Shou doirasida O'zbekistondan yetti nafar, Nurmagomedov zalidan esa olti nafar sportchilar chiqish qiladi.⠀
Hamda ushbu turnir doirasida 23 noyabr kuni taniqli sportchi Habib bilan uchrashuv tashkil etayotganimizni ma'lum qilamiz. Uni yuqori darajada tashkil etish uchun imkon qadar harakat qilamiz.⠀
Siz ham ushbu uchrashuvni tashkil etishda ishtirok etishingiz mumkin.⠀
Buning uchun ushbu post ostida Habib bilan uchrashishga Siz munosib deb bilgan, professional sportda yutuqlarga ega bo'lgan do'st va tanishlaringiz haqida yozib qoldiring.⠀
Bu kun kimningdir hayotida yorqin iz qoldirib katta g'alabaga yo'l ochishi mumkin.⠀

loading...

1 TA FIKR

  1. MMA Buyicha dustlarim yuk lekin Bollarim Sadriddin Kulaxmad va Asomiddin Xabib bilan kurishishni albatta xoxlaydi…

Comments are closed.