Ronaldu tarixiy natijaga erishdi!

0
Evro-2020 saralashi 8-turidan o'rin olgan Ukraina – Portugaliya (2:1) bahsining 72-daqiqasida mehmonlar sardori Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi. Mazkur gol esa Ronalduning faoliyatidagi yubiley 700-goli sifatida yozildi.
34 yoshli hujumchi futbol tarixida 700lik ko'rsatkichni qayd etgan oltinchi futbolchiga aylandi. Avvalroq, bu kabi natijaga Gerd Myuller (701), Ferens Pushkash (709), Romario (748), Pele (779) hamda Yozef Bitsan (805) erishgandi.