Siyosiy partiyalarga saylovlarda qatnashishiga ijozat berildi

0

Ekspert guruhi beshta siyosiy partiyalar topshirgan saylovchilarning imzo varaqalariga ijobiy xulosa berganini inobatga olib Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalarga Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida qatnashishiga ijozat berish to'g'risida qaror qabul qildi.

Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag'larining bir nomzod hisobiga to'g'ri keladigan miqdori quyidagicha belgilandi:

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod uchun – 10 million 832 ming so'm;

Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 2 million so'm;

Xalq deputatlari tuman va shahar kengashi deputatligiga nomzod uchun – 1 million so'm.

Ma'lumot uchun: oldingi saylovlarda Xalq deputatlari mahalliy kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun mablag' ajratilmagan edi.