Ufalik erkak 15 yashar o'zbek qizini 2 yil davomida zo'rlab keldi. Qiz qo'rquv tufayli zo'rlashlarga dosh beribdi…

0

 

Yaqinda Ufa politsiya mahkamasiga 15 yashar ismi-sharifi sir tutilgan o'zbekistonlik qiz shikoyat arizasi bilan murojaat etib, ikki yil davomida 44 yoshli erkak zo'rlab kelganini bayon qildi. Ma'lum bo'lishicha, qiz onasining hujjatlarida muammo bo'lgani bois erkakning qo'rqitishlariga chidash va zo'rlashlarini sir tutishga majbur bo'lgan. Agar birovga churq etsa, erkak onasini politsiyachilarga aytib deport qildirish, singillari va uni maktabdan haydattirish bilan qo'rqitib kelgan. Oxiri chidolmagan. Bu haqda sevgan yigitiga aytgan. Yigit esa uni politsiya mahkamasiga boshlab borgan.

Hozir qiz ikki singlisi bilan ijtimoiy himoya tashkilotining mehr va muruvvat uyiga joylashtirilgan. Onasini esa xorijliklarni vaqtincha saqlash punktiga yuborishgan. Zo'ravon erkak qo'lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Tergov jarayoni boshlangan.