O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 16 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

Bugun qo'y burji vakillarining moddiy ahvoli a'lodan ham a'lo darajada bo'ladi. Pullar kissangizga, katmoningizga meteorit tezligida kelib tusha boshlaydi. Asosiysi, u pullarni o'zingizda saqlab qola olsangiz va bo'lar-bo'lmas xaridlarni amalga oshirib qo'ymasangiz bas. Do'stlar bilan muloqotda juda ehtiyotkor bo'lishingiz tavsiya etiladi. Sababi, ularning biri sizdan shaxsiy sirlaringizni sug'urib olishga urinib ko'rishi mumkin.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

16 oktyabr kuni moddiy jihatdan ahvolingiz yaxshi bo'lishi uchun pozitiv kayfiyatga ega bo'lishingiz kerak. Bu sohada xavfli burilishlar yo'lingizga ko'ndalang bo'lishi mumkin. Ana o'shalardan eson-omon o'tib olsangiz, marra sizniki. Kunning ikkinchi yarmida sizga bee'tibor bo'lmagan bir insondan kutilmagan sovg'a olishingiz ehtimoli bor. Ammo bundan xulosa yasashga shoshilmang. Oldin tekshirib ko'ring. U insonning niyati neligini aniqlang. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanadi. Safar omadli kechadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Bugun ishga ham, shaxsiy muammolarni bartaraf etishga kechikaverib xunob bo'lasiz. Bu qo'shimcha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Atrofdagilar bilan muloqotdan qochishga harakat qiling. Yangi tanishgan odamlarga eski qadrdonlardek munosabat yuriting. O'zingizga yaxshi bo'ladi. Agar sportning faollik talab etuvchi turlari bilan shug'ullansangiz, salomatligingizga ehtiyot bo'ling. Ovqatlanishda rejimni buzmang.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

16 oktyabrda hech kimni behuda ranjitmaslik va kayfiyatingizni buzmaslikni shior qilib oling. Shundoq ham emotsiyangiz yuqori darajada, ko'p asabiylashgansiz. Moliyaviy ahvolingizni yaxshilash bobidagi barcha rejalaringiz amalga oshadi. Kun davomida jismoniy zo'riqishlar, olis safarga otlanish va yangi tanishuvlardan nari bo'ling. Jarohatlar olishingiz xavfi bor. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun sizni qo'lingizdan kelishi dargumon bo'lgan ishlar kutib turadi. Tajribali hamkasblarni yordamga chaqirsangiz, maqsadga muvofiq bo'lardi. Omadga erishish yo'lida mayda-chuyda chalg'ishlarga yo'l qo'ymang. Yaqindagina bajargan ishlaringizning mukofoti kunning ikkinchi yarmida qo'lingizga kelib tushadi inshoolloh. Kunni oiladagilar qurshovida o'tkazishingiz ham mumkin emas. Ortiqcha muammolarni orttirib olishingiz mumkin. Yolg'izlar aynan bugun bo'lg'usi juftini uchratib tanishishadi.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

16 oktyabr kuni atrofingizni ko'plab jumboqlar qurshab oladi. Ammo yechimi ko'zga tashlana qolmaydi. Ishlarni ko'ngildagidek bajarish va manfaat ko'rish uchun faol bo'lishingiz talab etiladi. Suyukli insoningiz yoqimsiz xabar yetkazib kayfiyatingizni buzishi mumkin. Duch kelgan ovqatni yeb ketavermasligingiz kerak. Aks holda oshqozoningizda jiddiy muammo kelib chiqadi. Tanani chiniqtirish muolajalari, yugurish va jismoniy tarbiya bilan shug'ullanishni unutmang. Omad sizga yor bo'lsin!

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Kuningiz unumli kechadi. Arzimas mayda-chuyda ishlar ham mevasini beradi. Moddiy ahvolingizni yaxshilash masalasida qayg'ura boshlashingiz bilan qaerdandir saxovatli bir inson paydo bo'ladi-yu, qo'lingizga pul tutqazadi. Ko'ribsizki, ahvolingiz yaxshilanadi-qoladi. Ammo u insonni kuzatish, maqsadi neligini aniqlashga urinishingiz noto'g'ri bo'ladi. Agar sayohatga otlanishni mo'ljallab qo'ygan bo'lsangiz, bu amalni keyinga qoldiring. Kechqurun albatta toza havoda sayr qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

16 oktyabr siz uchun biroz shubhali boshlanishi ehtimolga yaqin. Azaldan siz bilan yelkama-elka ishlashib kelganlardan ham beixtiyor gumonsiray boshlaysiz. Faqat bu holatingizni kuz havosining ta'siriga yo'ymang. Moliyaviy muammolaringiz puxta reja tuzgan bo'lsangizgina ijobiy hal bo'lishi mumkin. Bundan boshqa yo'l yo'q. Kechqurun sizni oilaviy mehmondorchilikka taklif etishlari mumkin.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Ishlaringiz boshdan oshib toshadi. Har doim sizga yordam qo'lini cho'zib kelganlar bilan bog'lana olmay qiynalishingiz kuzatiladi. Yo'q, ular sizdan yuz o'girmagan. Hozir boshqa mashg'ulotlar bilan bandlar xolos. Tadbirkorlar yaqin hamkorlari bilan bo'ladigan muloqotda muvaffaqiyatli qarorlar qabul qilishadi. Basharti yangi shartnoma imzolashga to'g'ri kelsa ham sira xavotir olmang. Hammasi yaxshi bo'ladi. Kechqurun eng yaqin insonlar qurshovida vaqt o'tkazishga harakat qiling.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

16 oktyabr kuni ezgu maqsadlarga erishish uchun yuzlab qaltis yo'llarni bosib o'tishingiz kerak. Buning sira qo'rqinchli yeri yo'q. Charchamaysiz, omadsizlikka yuz tutmaysiz. Aksincha azart va ilhom siz bilan birga bo'ladi. Kechki payt farzandlar tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullanishingizga to'g'ri keladi. Shaxsiy biznesingiz bo'lsa, pul tikish amalidan nari bo'ling. Salomatlikni ehtiyot qiling. Har qadamingizni o'ylab bosing.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

Kunni yolg'izlikda harakatlar sodir etish bilan boshlab, shunday yakunlaysiz. Agar astoydil ishlasangiz, dangasalikka yo'l qo'ymasangiz, oshig'ingiz olchi bo'ladi. Mehnatingizning mukofotini albatta olasiz. Shaxsiy biznesi borlarning ham omadi kuladigan bo'lib turibdi. Ammo ijod kishilarini bugun muvaffaqiyatsizliklar qarshi oladi. Na iloj, ishni noto'g'ri tashkil etgan bo'lsangiz kerak. Bundan to'g'ri xulosalar chiqara olsangiz, keyinchalik qiynalmaysiz. Omad sizga yor bo'lsin!

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

16 oktyabrda ishlar siz rejalashtirgandek amalga oshadi. Har lahzangiz yorqin kechadi. Buning uchun sizdan faqat bir narsa talab qilinadi. To'g'ri yo'ldan borishingiz kerak. Erta tongda juftingiz yoki bo'lg'usi juftingizga kutilmagan sovg'a hadya etsangiz, kun yanada yorqin tortadi. Ishxonangizda rahbarlar tanqidiga uchrashingiz mumkin. Sukut saqlang va qarshi so'z aytishni xayolingizga ham keltira ko'rmang.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi