Xalq bankida pensiya kartasidagi qoldiqqa qo'shiladigan ustama miqdori oshirildi

0

Xalq banki pensiya va nafaqa oluvchilarga qo'shimcha imtiyoz va qulayliklar yaratishda davom etadi.

Endi pensioner va nafaqa oluvchilarning pensiya kartasidagi qoldiq mablag'iga Xalq banki tomonidan yillik 8 foiz miqdorida ustama haqi to'lab beriladi. Shu paytgacha ustama miqdori 4 foizni tashkil etgan.

Ma'lumki, pensioner va nafaqa oluvchilarga 12 oy muddatga oladigan pensiya miqdorining 50 foizidan, bazaviy ish haqining 3 barobaridan oshmagan miqdorda qisqa muddatli overdraft kreditlar ajratilmoqda.

Mazkur kredit 12 oy muddatga oylik 1,33 foiz miqdorida belgilangan.

Shu bilan birga, pensiya overdraft kredit kartasidan Xalq bankining bankomatlari va kassalaridan naqd pul olishda komissiya to'lovi undirilmaydi.