Yosh bola uyga o't qo'ydi

0

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Toshkent shahar, Olmazor tumanida aholi yashash xonadonlaridan birida yong'in sodir bo'ldi. Bu haqda Davlat yong'in xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.

13 oktyabr kuni soat 12:29 da Olmazor tunmai “Moyariq” mahallasi 2-tor ko'chasi 30-uyda yong'in sodir bo'layotganligi haqida yong'in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga 2 yong'in o'chirish bo'linmalari jalb etilgan. Bo'linmalar chaqirilgan manzilga 8 daqiqada yetib borgan.

Ko'rilgan tezkor harakatlar natijasida yong'in soat 13:07 da bartaraf etilgan. Yong'in oqibatida yashash uyi yerto'lasining 40 kv metr maydonda shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan.

Hodisada jarohatlangan va halok bo'lganlar qayd etilmagan. Yong'indan uyning 300 kv metr maydoni saqlab qolingan.

Yong'inni taxminiy sababi nazoratsiz qoldirilgan yosh bolaning gugurt o'ynashi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

loading...