20 yoshli yigit savdo majmuasida qotillikka qo'l urdi

0

Kecha, 15 oktyabr kuni Farg'ona viloyati Marg'ilon shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda O'zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

15 oktyabr soat 10:00larda Marg'ilon shahar markazida joylashgan “Oygul” savdo majmuasida fuqaro S.T. (1999 y.t. ishchi) tanishi X.M. (1995 y.t., tadbirkor) va uning 3 nafar qarindoshlari bilan o'zaro janjallashib, oshxona pichog'i bilan X.M.ni ko'krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o'ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg'ilon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

S.T. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.