Jahongir Otajonov zapretni qanday qabul qildi? Undan do'st-yaqinlari yuz o'girishdimi?

0

Jahongir Otajonov ikki kun avval litsenziyasidan mahrum etilganidan xabaringiz bor. Xo'sh, xonanda bu holatni qanday qabul qildi? Juda oddiy va aytish mumkinki, bayramona!

— Allohga ming shukurlar bo'lsinkim, bizning ish shu darajada keng miqyosda tahlil qilinyapti. Oramizdagi ba'zilar inshaalloh har doim orqamda bo'lasizlar. Tez orada sizlarga javobni Allohdan kutaman. (Litsenziyasi olib qo'yilishi masalasi ko'rilayotgan chog'dagi izoh. Suratda kostyum-shimda.)

— Alloh xayrli qilsin! (Litsenziyasi olib qo'yilgani e'lon qilingan vaqtdagi izoh. Suratda kostyum-shimda, labda tabassum bilan.)

Kecha esa Jahongir Otajonov bir qancha do'st-yaqinlarini yaaqirib, ziyofat qilib bermoqchi bo'lganida do'st-yorlari kelishmadi. Undan yuz o'girishdi.