OLLOHGA TAVBA QILIShDAN ORLANUVChILAR… (yoki Farg'onada yana kallakesarlar g'imirlab qoldi)

0

 

Yaqinda Farg'ona vodiysida dunyoda faoliyati taqiqlangan «Xizb ut Tahrir» diniy ekstremistik jangarilar guruhi a'zolari qo'lga olindi. Ular ilgari ham xuddi shu jinoyatlarni sodir etib qamalgan. Qamoqdan qaytgach, o'sha kimsalar to'g'ri yo'lga tushish, vatanga qaysidir yo'l bilan foyda keltirish, va nihoyat astoydil tavba qilish o'rniga yana eski vahshiyona maqsadlarini aholiga singdirish, vatanni sotish, begunoh yoshlarning ongini zaharlab qotillik, vahshiylik kabilarga undashga qo'l ura boshlashibdi.

Jinoyatchilarni qo'lga olish jarayonida ularning yonidan taqiqlangan diniy ekstremistik g'oyalarga asoslangan adabiyotlar ham borligi aniqlandi. Barcha adabiyotlar musodara qilindi.

Ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish joizki, «Hizb ut Tahrir» diniy ektremistik tashkiloti 1953 yili Falastinda Taqiyuddin Nabixoniy tarafidan musulmon davlatlarda yagona xalifat tuzish niyatida tashkil etilgan. U keyinchalik dunyoda yagona xalifat tuzishni mo'ljallagandi.

Astag'firillo!!!