Qarzdorning 15 tonnaga yaqin sholisi xatlandi

0

Majburiy ijro byurosi Gurlan tuman bo'limi tomonidan tumandagi fermer xo'jaliklaridan soliq va boshqa majburiy to'lovlardan yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf qilish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Shovot tumanlararo iqtisodiy sudining 17.12.2018 yildagi ijro varaqasiga asosan, Gurlan tuman Vazir qishlog'ida joylashgan “Gurlan Do'simbiy” fermer xo'jaligidan 9,2 mln so'm soliq qarzdorligi hamda ushbu sudning 22.02.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan 18,1 mln so'm elektr energiyasidan qarzdorligini undirish to'g'risidagi ijro hujjatlari bo'lim ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Gurlan Do'simbiy” fermer xo'jaligiga tegishli bo'lgan 31 gektar sholi ekini xatlanib, shundan 14,2 tona sholi mahsulotlari tumandagi Chinobod don shahobchasiga olib borib topshirildi.

Endilikda, Chinobod don shahobchasidan tushgan pul mablag'lari qarzdor “Gurlan Do'simbiy” fermer xo'jaligining soliq va elektr energiyasidan qarzdorliklari uchun o'tkazish choralari ko'rilmoqda.

loading...