Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev ochlik e'lon qilmoqchi…

0

 

Bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib SIZO ga joylashtirilgan Qirg'iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev agar yana majburan sudga olib borishga urinishsa, ochlik e'lon qilishini aytib o'tdi.

— Hozir Almazbek Sharshenovichning ahvoli qoniqarli, — dedi advokati. — Lekin ikki-uch marta ovqatlanmay qo'ysa, salomatligi ilkis yomonlashadi. Mabodo huquqni muhofaza qilish tashkiloti vakillari uni majburan sudga olib borish harakatini sodir etishsa, sobiq prezident ochlik e'lon qiladi…

— Agar sud va hukumat rahbarlari mening o'limimni istayotgan bo'lsa, — dedi Atambayev. — Tezroq shu ishni amalga oshira qolishsin…

Advokatning aytishicha, tergov izolyatorida o'tirgan odamni majburan sudga olib borish qonunga zid. Ammo hukumat rahbarlari shunday qarorga kelsa, oxiri baxayr kechmasligi tayin…

Shu yil 11 oktyabr kuni ham Atambayev dastlabki sud jarayonida ishtirok etishni istamagan va shu sababli kameradan chiqmay turib olgan.

 

loading...