O'ylab ko'rdingizmi? 2019 yil 17 oktyabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va'da qilarkin?

0

 

 

QO'Y (21. 03 — 20. 04)

17 oktyabr kuni har bir daqiqaning qadriga yetishingiz tavsiya etiladi. Bu asosan uylanmagan yigitlarga taalluqli gap. Chunki bugun ayrimlarning to'yi bo'lib o'tadi. Agar shoshilishmasa, o'z to'yiga kechikishi ham hech gap emas. Ro'zg'ordagi muammolarga o'ta jiddiylik bilan yondashing. Lekin pozitivlikni yo'qotmang. Xizmat safariga borishni rejalashtirgan bo'lsangiz, bu amalni boshqa kunga qoldirishingizga to'g'ri keladi.

 

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)

 

Yaqinlaringiz iltimos qiladigan ishlarni o'ta mas'uliyatlilik bilan amalga oshiring. Agar ular bilan qachonlardir xafalashgan bo'lsangiz, unuting. Ishxonangizda kichik miqdorda mukofot puli berishlari mumkin. Mukofot puli ozligidan norozilanishingiz tavsiya etilmaydi. Undan ko'ra zimmangizga yuklangan vazifani boshqalardan oldinroq bajarib qo'ying, vassalom. Ana shunda rahbarlaringiz sizga nisbatan munosabatni o'zgartiradi va mukofot miqdori albatta oshadi.

 

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)

 

Kimki chin ko'ngildan ishlasa, barakasi ham shunga yarasha bo'ladi. Buni sizning misolingizda ko'rish mumkin. Moddiy ahvolingiz a'lo darajada. Demak, bugungi kunni suyukli insoningiz uchun bag'ishlasangiz yarashadi. Birgalikda tabiat qo'ynida dam olib qaytsangiz, yana yaxshi. Xullas, romantikaga e'tibor qarating. Kechqurun eski qadrdonlardan biri qo'ng'iroq qilib, yoqimli xabar yetkazadi.

 

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)

 

17 oktyabrda ishlaringiz bir maromda va tuzilgan reja bo'yicha ketadi. Buning natijasida rahbarlaringizdan maqtov va olqishlarni qabul qilib olasiz. Suyukli insoningiz bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelish ehtimoli bor. Kelishmovchilik ro'zg'or ikir-chikirlari tufayli kelib chiqishi mumkin. Kechqurun toza havo sayriga chiqishni unutmang. O'zingizni ehtiyot qiling. Olloh sizga yor bo'lsin!

 

ARSLON (24. 07 — 23. 08)

 

Bugun o'zingizni shu qadar yaxshi tutasizki, hamkasblaringiz hayratdan yoqa ushlaydi. Hech kimni ranjitmaysiz. Hech kimni tanqid ostiga olmaysiz. Moddiy ahvolingiz bugun yaxshi kechmaydigan bo'lib turibdi. Shuning uchun tejamkorlikka o'ting. Xizmat safariga jo'nab ketsangiz ham moddiy manfaat ko'rishingiz dargumon. Afsuski, taqdir buyurganini o'zgartirib bo'lmaydi. Basharti safardan voz kechsangiz, ishxonadagi hurmatingizga putur yetishi mumkin.

 

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)

 

17 oktyabrda ishga o'z vaqtida yetib bora olsangiz, tajribasi ko'p hamkasblardan qimmatli maslahatlar eshitishingiz mumkin. Bu maslahatlar kelajakda asqotadi. Kunning ikkinchi yarmida uyingizga olisda yashaydigan qarindoshlar tashrif buyurishi, ayrimlar esa xizmat safariga jo'nab ketishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo'liqqanlar kun davomida arterial qon bosimini tez-tez o'lchatib turishni unutmasliklari kerak. Ovqatlanish rejimiga qat'iy amal qiling.

 

TAROZI (24. 09 — 23. 10)

 

Har qadamda qaysarlikka erk beraversangiz, o'zingizga qiyin bo'ladi. O'zingizni tutishda samimiylikni tanlasangiz, yomon bo'lmasdi. Shaxsiy hayotingizni ham tartibga sola qolsangiz yaxshi bo'lardi. Aks holda yaqinlaringiz bilan orangizda yolg'on, bo'htonlar charx ura boshlashi turgan gap. Moliyaviy ahvolingiz esa sizni xursand qiladi. Qancha daromad ko'rishni xohlagan bo'lsangiz, uni albatta qo'lga kiritasiz. Salomatligingizni, ayniqsa, asablarni ehtiyot qiling.

 

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)

 

17 oktyabr kuni ayrim shaxslar bilan muloqot qilishni lozim ko'rmayotgan bo'lsangiz, gaplashmaganingiz ma'qul. O'zingizni majburlamang. Ayollar, qizlar garderobidagi eskirgan kiyimlar o'rnini yangilari bilan to'ldirishlari tavsiya qilinadi. Qarindoshlaringizdan biri muammolar haqida shu qadar to'lqinlanib, go'zal so'zlaydiki, hayron qolasiz. Muammolar haqida ham shunday ilhom bilan, chiroyli gapirsa bo'lishini ko'rib qarindoshga qoyil qolasiz va unga havas bilan boqa boshlaysiz.

 

O'QOTAR (23. 11 — 21. 12)

 

Kunning birinchi yarmida o'zingiz uchun umuman foydasi bo'lmaydigan tadbirlarga chaqirishadi. Borasiz. Majbursiz. Shaxsiy avtomobilingiz bo'lsa, serqatnov yo'llarda ehtiyotingizni qiling. Agar avtomobilning yuz foiz sozligiga shubhangiz bo'lsa, jamoat transportidan foydalana qoling. Yoki safarga chiqishga to'g'ri kelsa, voz keching. Kechki payt turli mavzudagi huquqiy masalalar bilan band bo'lishingiz kutiladi. Salomatligingiz yomonlasha boshladimi, darhol vrach ko'rigiga boring.

 

TOG' EChKISI (22. 12 — 19. 01)

 

17 oktyabrni o'zingiz, salomatligingiz va immunitetingizni ko'tarishga bag'ishlasangiz, foydadan xoli bo'lmaydi. Ertalab badantarbiya, kunduzi uqalash muolajalari, kechqurun organizmni suv yordamida chiniqtirish amallariga e'tibor qarating. Muammolardan xoli bo'lishni istasangiz, bir soat bo'lsa ham yolg'iz qoling. Ijod ahli bugun nafaqat iste'dodini, balki o'tkir tafakkurini ham atrofdagilarga namoyish etish imkoniga ega bo'ladi. Ba'zilar kechqurun shaxsiy ish bilan olisga jo'nab ketishi mumkin.

 

QOVG'A (20. 01 — 19. 02)

 

Ertalabdan tanangizda charchoq va apatiyani his eta boshlaysiz. Shunday holatki, go'yo tuni bilan qop-qop kartoshka tashigansiz. Muhabbatda ikki quyon ortidan quvib ovora bo'lmang. Jiddiy torting. Moliyaviy muammolarni qat'iy ro'yxat asosida bartaraf etishingiz tavsiya etiladi. Pullarni esa juda ehtiyot qiling. Uyquga yotishdan oldin sutli mahsulotlar iste'mol qilishingiz kerak bo'ladi. Shunda tushlaringiz totli, uyqungiz sokin kechadi.

 

BALIQ (20. 02 — 20. 03)

 

17 oktyabr kuni zararli, yoqimsiz odatlardan voz kechishga ahd qilasiz va buni uddalay olasiz. To'g'ri, bu ishni bir kunda bajarib tugatish aqlga sig'maydi. Lekin hech bo'lmasa boshlashingizning o'zi ham katta gap-da. To'g'ri emasmi? Kunning ikkinchi yarmida nafaqat sog'lig'ingiz, balki tashqi ko'rinishingizga ham jiddiy e'tibor qarating. Ba'zilar kun davomida bosh og'rig'i, varikoz va oshqozon xastaligidan bezovtalanishi kutiladi.

Xushvaqt bo'ling! Hammavaqt bo'ling!

Olimjon HAYIT tayyorladi