4800 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreyaga ishga jo'natishni va'da qilgan shaxsga nisbatan choralar ko'rilmoqda

0

Bektemir tumani IIO FMBga 28 yoshli Azamat M. murojaat qilib, 2018 yilning sentyabr oyida uning ishonchiga kirib, Janubiy Koreyaga ishga jo'natishni va'da qilgan 34 yoshli Abduaziz M.ga nisbatan chora ko'rishni so'radi. O'z «xizmatlari» uchun Abduaziz M. 4800 AQSh dollari olib, va'dasida turmasdan, pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.

Hurmatli hamshaharlar va Toshkent mehmonlari! Ogoh bo'ling! Masalangiz bo'yicha vakolatli bo'lmagan shaxslarga ishonib qolmang.