Aliment to'lamagan ota qamoqqa “yo'l oldi”

0

Fuqarolik ishlari bo'yicha Kogon tumanlararo sudining 18.03.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan Kogon shahrida yashovchi G'afforov Farrux Tog'aymurodovich undiruvchi F.Shodiyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment to'lashi belgilangan bo'lishiga qaramasdan oradan 8 oydan ko'proq vaqt mobaynida aliment pulini to'lamagan.

MIB Kogon tumani bo'limi ish yurituvidagi aliment ishi bo'yicha F.G'afforovning aliment to'lovlarini ikki oy va undan ortiq muddat mobaynida to'lashdan qasddan bo'yin tovlab kelganligi oqibatida aliment qarzi 5 316 256 so'mni tashkil qiladi.

Buxoro tuman ma'muriy sudining 15.10.2019 yildagi qaroriga asosan F.G'afforov O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 474-moddasi bilan aybdor deb topilib, 15 (o'n) besh sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.