Moldovalik fermerlar o'zbekistonliklarni olma terishga chorlamoqda. Kuniga 40 dollardan haq to'lashmoqchi ekan…

1

 

Haqiqatan, moldovalik bog'bonlar, fermerlar olma hosilini yig'ib ulgura olishmayapti. Agar ahvol shunday davom etsa, barchalari inqirozga yuz tutadi. Olma chirib, yer bilan bitta bo'ladi. Shu sababli moldovanlar O'rta Osiyo, jumladan, o'zbekistonlik xohlovchilarni ishga taklif qilishmoqda. Har bir kun uchun ular 40 dollardan haq to'lashga tayyor ekanliklarini aytishmoqda. Bundan tashqari, ishchilar turar joy va oziq-ovqat bilan ta'minlanarkan. Ish kuni 10 dan 12 soatgacha davom etadi. Olma qattol qish kelguncha terib olinsa bas. Har bir ishchi oyiga ming dollargacha sof daromad ko'rishi mumkin ekan.

— Mening mamlakat janubida 8 gektar olmazor bog'im bor, — deydi mahalliy fermerlardan biri. — Lekin bog'ni kengaytirish niyatidaman. Chunki 75 gektar yer maydoniga egaman. Gilosmi, olchami eksam ham bo'lardi. Ammo bu mevani ham terib oladigan odam yo'q. Biz tomonda odamlarni katta pul berib ham ishlata olmaysiz. Nega deganda, qo'lidan ish keladiganlar Yevropaga chiqib ketgan. U yerda tomorqa chopsa ham yevroda haq olishadi. Shubhasiz, ular oladigan haq bizlar beradigan haq bilan taqqoslanganda, katta pulga aylanadi. Qishloqda qolganlarning hammasi o'z yeriga ega. Ular ham menga o'xshab ishchi kuchini qidiradi…

 

1 TA FIKR

  1. KAERGA MUROJJAT KILAMIZ BU BUYIChA BIZLAR JIZZAX VILOYaTINING BAXMAL TUMANIDAN OLMALAR MAMLAKATIDA YaShAYMIZ

Comments are closed.