SARIMSOQNING FOYDALI JIHATLARI…

0

 

Bir guruh ekspertlarning izlanishlari natijasida sarimsoqning inson organizmi uchun foydali jihatlari aniqlandi. Sarimsoq tarkibidagi allitsin moddasi bakteriyalarni yo'q qilish xususiyatiga ega ekan. Sarimsoqni me'yoriy miqdorda iste'mol qilish, yurak tez urishining oldini oladi yoki unga barham beradi. Bu esa o'z o'rnida mushaklarga qon yetib borishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, sarimsoq tish xastaliklaridan asraydi. Sarimsoqning yana bir foydali jihatlaridan biri shuki, u qonni tozalaydi. Immunitetni ko'taradi, grippni haydaydi. Har kuni ikkitadan bo'lakcha sarimsoq yeb ketidan qaynagan suvning ilitilganidan ichib yurilsa, qondagi zararli xolesterin kamaya boradi. Qondagi qand miqdorini me'yorda ushlab turadi. Tirnoqlar, teri va sochlar holatini yaxshilaydi. Faqat olimlar bir narsani maslahat berishadi. Sarimsoqni xom holatda iste'mol qilish kerak.