Saudiya Arabistonidagi avtohalokat tufayli 35 kishi o'lim topdi…

0

 

Avtohalokat Makka va Madina oralig'idagi serqatnov yo'lda sodir bo'ldi. Osiyolik va yaqin sharqlik yo'lovchilarni olib ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to'qnashib ketdi. Shu zahoti avtobusda kuchli yong'in yuzaga keldi. Oqibatda 35 kishi halok bo'ldi, to'rt kishi jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga olib ketildi. Avtobusdagilarning barchasi kichik haj amalini ado etish niyatida (umra) ketishayotgandi.