Shomurodov O'zbekistonning JCh-2022ga chiqish imkoniyatlari, terma jamoadagi o'rni va maoshini O'zbekistonga yuborishi haqida

0
  • «Rostov» va O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov terma jamoaning JCh-2022ga chiqish imkoniyatlarini baholadi, deya xabar bermoqda CA nashri.

– Terma jamoangiz JCh-2022 yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. O'zbekistonning bu mundialda debyut qilish imkoniyalarini qanday baholaysiz?

– Biz Falastin (0:2)ga yutqazgan holda, saralash bosqichini juda ham muvaffaqiyatsiz boshladik. Shundan so'ng hamma yaqinlashib kelayotgan o'yinlarda yutish shartligini tushundi. Shu yo'nalishda davom etishimiz kerak. Hali saralashda ko'p o'yinlar bo'lmadi, shunday ekan buyog'iga nima bo'lishi haqila gapirish qiyin. Hamma biz va Saudiya Arabistonini guruh favoriti sifatida ko'rmoqda. O'ylaymanki, bizda yaxshi imkoniyat bor.

– Klubdagi ajoyib mavsum startidan so'ng terma jamoadagi mavqeingiz yaxshilandimi?

– Men terma jamoadagi o'rnim o'zgarib ketdi deya olmayman. Terma jamoamizda hattoki qaydnomada hech kimning joyi kafolatlanmagan. Ammo, klubda yaxshi va barqaror o'yin namoyish etsang, terma jamoaga chaqirilasan. Shunday ekan doimo munosib o'yin ko'rsatish kerak. Har o'yinda o'zimni maksimal darajada ruhlantiraman.

– Har oydagi maoshingizni O'zbekistonga yuborishingiz rostmi?

– Ha rost, o'ylaymanki bu odatiy holat va ko'p odamlar shunday qilishadi, – deydi Shomurodov.