Turkiya va AQSh Suriyadagi harbiy operatsiyalarni to'xtatishga kelishib olishdi…

0

 

Yaqinda Turkiya prezidenti Rajap Toyip Erdo'g'an va Amerika vitse-prezidenti Mayk Pens Suriyada davom etayotgan harbiy operatsiyalarni to'xtatish haqida bir to'xtamga kelishdi. Ammo bu to'xtatish atigi besh kunga mo'ljallangan xolos. Shu muddat ichida kurd otryadlari Suriya chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi neytral hududgacha yetib olishi lozim. Bunga qadar Turkiya ham, Amerika ham Suriya ichkarisida hujumlarni amalga oshirmaydi.

Yana ikki davlat vakillari Suriyadagi dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlarini yo'q qilish maqsadlarida birgalikda kurash olib borishini ta'kidlab o'tishdi.

Amerika prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidentiga ushbu kelishuvga erishilgani uchun minnatdorchilik izhor etdi. Bir kun oldin esa Erdo'g'an Pens bilan muzokaralar olib borishni umuman xohlamagan va Tramp Turkiyaga yetib kelishini talab qilgandi.