O'zbekistonlik bokschilar navbatdagi musobaqada tengsiz!

0

BAAning Fujayra shahrida boks bo'yicha o'smir yigitlar va qizlar o'rtasida Osiyo chempionati o'z yakuniga yetdi. Musobaqaning final bahslariga 11 nafar vakilimiz yetib borgani haqida ma'lum qilgan edik.

E'tiborlisi, 11 finalchilardan 8 nafari hal qiluvchi bahsni g'alaba bilan yakunlay olishdi va Osiyo chempionatini oltin medal bilan tugatdilar. Shu tariqa mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza, jami 20 ta medal bilan yurtimizga qaytib keladigan bo'lishdi. Bu esa, shubhasiz, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritganimizni anglatadi. G'olib va sovrindorlar ro'yxati quyidagicha:

Oltin medal:

-48 kg: Sabina Boboqulova

-50 kg: Feruza Kazakova

-52 kg: Nigina O'ktamova

-63 kg: Azizbek Tojiyev

-70 kg: Login Petrov

-75 kg: Nusratbek Tohirov

+80 kg: Jahongir Zokirov

-63 kg: Aziza Zokirova

Kumush medal:

-57 kg: Bilolbek Ixvolov

-60 kg: Bekzod Bekmurodov

-60 kg: Mohira Ahmedova

Bronza medal:

-46 kg: Iqboljon Qudratov

-48 kg: Asrorbek Shahobiddinov

-50 kg: Anvar Boltaboyev

-52 kg: G'ofurjon Tohirov

-54 kg: Jahonmurod Imomaliyev

-66 kg: Aloxon Abdullayev

-46 kg: Mohlaroyim Savriddinova

-54 kg: Ruhshona O'ktamova

-70 kg: Shahnoza Ergasheva

Terma jamoamiz vakillari ertaga 16:15 da yurtimizga yetib kelishadi.