Abduqahhorovning ertangi jangini qaysi telekanal orqali tomosha qilish mumkin?

0

Ertaga tongda AQShning Filadelfiya shahrida hamyurtimiz Qudratullo Abduqahhorov (16-0, 9 KO) okean orti vakili Luis Kollazoga (39-7, 20 KO) qarshi navbatdagi reyting jangini o'tkazadi.

Ma'lumki ushbu jang kechasini markaziy jangida rossiyalik Artur Beterbiyev hamda Aleksandr Gvozdiklar kamarlarni birlashtiruvchi jangda to'qnash keladi. Ushbu boks oqshomini AQShning ESPN, Rossiyaning «1-kanal»i va Ukrainaning “Inter” telekanallari to'g'ridan-to'g'ri namoyish etadi, deya xabar qiladi Sports.