Ayol kishini do'pposlab so'ng Rossiyaga qochgan bezoriga jazo tayinlandi

0

Jinoyat ishlari bo'yicha Sirdaryo viloyati Xovos tuman sudining
2019 yil 12 sentyabrdagi hukmiga ko'ra, K.Kuldashev 2011 yil 13 avgust kuni soat taxminan 22:30 larda Xovos tumani, Shabnam ko'chasida joylashgan ko'p qavatli uylar oldida mast holatda bo'lib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o'zining tanishi Majidova Rano Abdujabborovna bilan hech bir sababsiz janjallashib qolib, janjal vaqtida R.Majidovaning badanining turli joylariga qo'li bilan urib, oyoqlari bilan tepib, unga sog'liqning qisqa muddatga yomonlashuviga sabab bo'lgan yengil shikast yetkazganligi uchun K.Kuldashevga O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan JKning 60-moddasiga asosan ish haqining 30 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 3 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Tabbiy savol tug'iladi, ahir sakkiz o'tib, endilikda adolat qaror topdimi deb o'ylashimiz mumkin? Aslida esa K.Kuldashev  oldin sodir etgan jinoyati uchun jazoni o'tab kelib, yuqorida qayd etilgan jinoyatni sodir etib, javobgarlikdan qo'rqib, Rossiya Federatsiyasiga qochib ketgan va u yerda ham tinch yurmasdan, nomusga tegish kabi o'ta og'ir jinoyatni sodir qilganligi uchun 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini o'tab kelganidan keyin 2011 yilda sodir etgan jinoyati uchun jazolandi.

 

Jinoyat ishlari bo'yicha
Xovos tuman sudining sudyasi

B.Mamadaminov