Farmatsevtika institutida 5 ta muhim tashabbus bo'yicha ko'rgazma tashkil etildi

0

17 oktyabr kuni Toshkent farmatsevtika institutida «Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha besh muhim tashabbus» mavzusida ko'rgazma o'tkazildi.

Tadbir davomida institut tarkibidagi yangi sport majmuasining ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi. Unda institut professor o'qituvchilari, talabalar va e'limiz ardog'idagi insonlar ishtirok etishdi.

Ko'rgazma davomida talabalar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish, talabalar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida turli amaliy ishlar olib borilayotganiga e'tibor qaratildi.

Ayniqsa, talaba qizlarning bo'sh vaqtini mazmunli va foydali o'tkazish maqsadida talabalar turar joyi uchun olti dona tikuv mashinasi sovg'a qilingani quvonchli voqeaga aylandi.

Shuningdek, ko'rgazmada institutning xotin-qizlar qo'mitasi boshchiligida karving san'ati, pazandachilik to'garaklari ham tashkil etilishiga oid taqdimot alohida ahamiyat kasb etdi.