«IShID» YeTAKChISI O'ZIDAN KEYIN KIM JANGARILAR RAHBARI BO'LIShINI MA'LUM QILDI…

0

 

Dunyoda faoliyati taqiqlangan «IShID» jangari kallakesarlar guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag'dodiy o'zining o'limidan keyin terrorchilarni kim boshqarishini rasman e'lon qildi. U iroqlik turkman Abu Abdulla Qardosh ekan. Bag'dodiyning aytishicha, Abdulla Qardosh u bilan birga Amerika turmasida jazo muddatini o'tagan. Keyinchalik ikkovlashib turmadan qochishgan. Qardosh hamisha kallakesarlar guruhida yuqori lavozimlarni egallab, to'daboshi Bag'dodiyga cheksiz sadoqat ko'rsatib kelgan. U Xoji Abdulla nomi bilan ham jangari kallakesarlar orasida mashhur ekan.

Arab davlatlari matbuotida yozishlaricha, hozirgi paytda Bag'dodiy og'ir kasalga chalingan. Yaqin orada o'lishi ham ehtimoldan xoli emas. Faqat jangarilar Qardoshning yetakchilikka tayinlanishidan norozi. Aytishlariga ko'ra turkman millatiga xos bo'lgani bois Abdulla Qardosh terrorchilar ta'birida quyi tabaqalarga tegishli deb hisoblanarkan.