Jizzaxda erkaklarga ham tug'ruqdan keyingi nafaqa berilar ekan…

0

 

Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2017 yildan shu kunga qadar davlat tashkilotlari tarafidan tug'ruqdan keyin ayollarga berilgan nafaqalar miqdori 529, 5 milliard so'mni tashkil etibdi. Prokuratura ushbu faktlarni nazoratdan o'tkazganda, firibgarlik jinoyatlari sodir etilgani ko'zga tashlanib qoldi. Masalan, Jizzaxdagi tere-tanosil kasalliklari shifoxonasi tug'ruqdan keyin ajratgan mablag' miqdori 2, 1 million so'mdan iborat bo'lgan. Masalan, shahardagi №20 o'rta maktabning ikki nafar qorovuli ham 900 ming so'mdan miqdorda tug'ruqdan keyingi nafaqalarni qurtdek qilib sanab olgan. Vaholanki, ikkala qorovul ham erkak kishi.

Xulosa qilib aytganda esa, tug'ruqdan keyingi to'lovlar niqobi ostida o'zlashtirilgan pullar 820 million so'mga yetgan.

Astag'firillo!!!