Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar saytlardan va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan.
Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan soqol qo'yish va uzun ko'ylak kiyishni oldik, ammo u zot sollallohu alayhi vasallamning adolatlarini, halimliklarini, kechirimliliklarini va go'zal xulqlarini unutdik.
Doktor Mustafo Mahmud
*****
Bir shaxsning sovuqqon, asabiylashmaydigan, beparvo ekanini ko'rsang, bilginki, u og'riqu iztiroblari ko'pligidan karaxt holatga tushib qolgan.
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Ortga o'girilib vaqtingni zoe qilma! Chunki sen u tarafga hech qachon yurmaysan!
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Temir ishlatilmasa, zanglaydi.
Suv harakatlanib turmasa, ayniydi.
Xuddi shuningdek, fikr yuritilmasa, aql ham shu ahvolga tushadi.
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Odamlarning haqiqatini musofirlikda yoki boshingga tashvish tushganda bilasan.
Abdurrohman Muniyf
*****
Hayotdagi eng xatarli insonlardan biri kazzobdir.
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Xiyonatning ming xil turi bor. Lekin ularning ichida eng jirkanchi o'zini sevadigan qilib ko'rsatishdir.
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Sizdan uzlat (odamlardan chetroqda yurish) haqida so'raydilar. Ularga “Bunday yurish g'iybatdan uzoqda turib rohatlanish, chaqimchilikdan qochish, tilning toyilishlaridan qo'rg'on va mish-mishlardan uzoqlashishdir” deb aytgin!
“Tarix muhrlagan so'zlar”
*****
Nopokliklar ko'paygan zamonda pokligingni saqla!
Aldov, xiyonatlar ko'paygan zamonda vafoingni saqla!
Mahmadonalik ko'paygan zamonda sukutingni saqla!
Axloqsizlik ko'paygan zamonda odobingni saqla!
Buzuqliklar ko'paygan zamonda iffatingni saqla!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Har safar yiqilganimizda bizni kuchli qiladigan birgina narsa – barcha ish Alloh taoloning qo'lida ekaniga bo'lgan ishonchimizdir!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Yuragingiz siqilganda yig'lab o'tirmanglar, balki uning o'rniga Alloh taologa sajda qilinglar!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Agar vafo qilish qo'lingdan kelmasa, va'da so'zini tilingga olma!
“Xovatir roqiya jurnali”
*****
Yer yuzida yurgan qanchadan qancha kishilar borki, ular osmonda mashhurdirlar.
“Xovatir roqiya jurnali”
Internet materiallaridan to'plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov