Ogoh bo'ling: firibgar!

0

16 oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga 31 yoshli Aleksandra K. murojaat qilib, joriy yilning iyun oyida unga 50 000 AQSh dollarini Qozog'iston Respublikasida yashovchi tanishlariga yetkazishda yordam berishini va'da qilgan tanishi 37 yoshli Artyom S.ga nisbatan chora ko'rishni so'radi. Aleksandra tanishining taklifiga rozi bo'lib, unga pullarni berdi. Ammo Artyom pullarni manzilga yetkazmasdan, egasiga ham qaytarib bermasdan o'z ehtiyojiga sarflab yubordi. Ushbu fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

16 oktyabr kuni Sergeli tumani IIO FMBga yana bir ariza – 44 yoshli Zayniddin A.ning murojaati kelib tushdi. Uning ma'lum qilishicha, joriy yilning avgust oyida tanishi bo'lgan Muhiddin A. undan “Lasetti” rusumli avtomobilini 2 yil davomida muddatli to'lov evaziga xarid qilish istagini bildirgan. Ular o'zaro narxni 11 100 AQSh dollariga kelishib, dastlabki to'lov tariqasida Muhiddin 1 500 AQSh dollari to'lagan. Qolgan mablag'ni esa Muhiddin ikki yil davomida har oy 400 AQSh dollarida to'lashi kerak edi. Ammo avtomobilni olgach, Muhiddin o'z va'dasiga xilof tarzda sentyabr oyida mashinani 43 yoshli Xayrulla R.ga sotib, Zayniddinga qolgan mablag'ni to'lamasdan, pullarni o'z ehtiyojiga sarflab yuborgan. Ushbu fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi.

Hurmatli hamshaharlar va poytaxt mehmonlari! Masalangizni hal qilishni va'da qilayotgan kishilarga notarial kelishuv rasmiylashtirmasdan turib pullaringizni berishga shoshilmang.

loading...